Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат маданият маркази ва кутубхона фаолияти билан танишди
янв.21
13-Кўкча сайлов округида амалий ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Сессияси муҳокамасига соҳага оид долзарб масалаларни киритиш юзасидан фикр алмашилди.
янв.21
Депутат томонидан ҳудудда ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Депутат фаолияти: аҳоли манфаатлари доимий эътиборда
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати Р.Муратова ногиронлиги бор фуқаролар билан суҳбатлашди
#muhokama #nazorat

Olmaliq shahar markaziy shifoxonasida “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi hamda onalar va go‘daklar salomatligini muhofaza qilish masalalariga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sevara Qodirova, shahar hokimi o‘rinbosari Ergash Abdurayimov hamda tibbiyot muassasasining mas’ul xodimlari va Kotibiyat bosh mutaxassisi M.Nematullayeva ishtirok etishdi.

⚠️Muhokama markazida — achchiq haqiqatlar:

Tadbir davomida sohadagi yutuqlar emas, balki aholini qiynayotgan real muammolarga urg‘u berildi. Xususan:

🔺Homilador ayollarni ro‘yxatga olishdagi sarsongarchiliklar;

🔺Dastlabki tibbiy ko‘rikdan o‘tish jarayonidagi ortiqcha byurokratik to‘siqlar;

🔺Navbatlarning sun’iy ko‘payishi va shaffoflikning yetishmasligi keskin tanqid ostiga olindi.

✅Natija va topshiriqlar:

Mutasaddi rahbarlar va shifokorlar oldiga aniq vazifalar qo‘yildi:

Raqamlashtirish va shaffoflik: Homilador ayollar va yosh onalarga xizmat ko‘rsatishda inson omilini kamaytirish, ortiqcha hujjatbozlikka chek qo‘yish.

Sifatli xizmat: Tibbiy xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshirish va har bir murojaatga individual yondashish.

Xodimlarni qo‘llab-quvvatlash: Soha xodimlarini qiynayotgan tizimli muammolar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha "yo‘l xaritasi" belgilab olindi.

Slide 1 of 5