Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат маданият маркази ва кутубхона фаолияти билан танишди
янв.21
13-Кўкча сайлов округида амалий ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Сессияси муҳокамасига соҳага оид долзарб масалаларни киритиш юзасидан фикр алмашилди.
янв.21
Депутат томонидан ҳудудда ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Депутат фаолияти: аҳоли манфаатлари доимий эътиборда
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати Р.Муратова ногиронлиги бор фуқаролар билан суҳбатлашди
Deputatlar aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Deputatlar aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashi raisi Quryozov Suxrobbek Matchanovich tomonidan o‘zi saylangan okrug -Sanoat mahallasida aholi bilan uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganish hamda mavjud masalalarga yechim topishdan iborat bo‘ldi. Uchrashuv davomida mahalla aholisi tomonidan turli yo‘nalishlarda murojaatlar bildirilib, dolzarb masalalar ko‘tarildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashi Kotibiyat mudiri Vaisov Mash’al Islomovich ham ishtirok etib, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqishda amaliy yordam ko‘rsatdi. 

Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, qolgan murojaatlar tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tib, aholi bilan muloqotni yanada mustahkamlash, hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Slide 1 of 1