Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат маданият маркази ва кутубхона фаолияти билан танишди
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
13-Кўкча сайлов округида амалий ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Сессияси муҳокамасига соҳага оид долзарб масалаларни киритиш юзасидан фикр алмашилди.
янв.21
Депутат томонидан ҳудудда ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Депутат фаолияти: аҳоли манфаатлари доимий эътиборда
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати Р.Муратова ногиронлиги бор фуқаролар билан суҳбатлашди
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun targ‘iboti o‘tkazildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati N.Ruziyeva tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yilda qabul qilingan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–931) mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida mazkur Qonunning asosiy maqsadi — davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik, shaffoflik hamda halollik tamoyillarini mustahkamlash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va korrupsion holatlarni bartaraf etishga qaratilgani ta’kidlandi.

Deputat o‘z so‘zida manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasi, uning yuzaga kelish sabablari, aniqlash va bartaraf etish mexanizmlari haqida batafsil tushuntirish berdi. Shuningdek, davlat xizmatchilari va mansabdor shaxslarning majburiyatlari, ularning shaxsiy manfaatlari xizmat vazifalariga ta’sir ko‘rsatmasligi lozimligi alohida qayd etildi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berilib, qonun ijrosini ta’minlash har bir rahbar va xodimning mas’uliyatli burchi ekani ta’kidlandi.

Mazkur targ‘ibot tadbiri aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5