Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат маданият маркази ва кутубхона фаолияти билан танишди
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
13-Кўкча сайлов округида амалий ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Сессияси муҳокамасига соҳага оид долзарб масалаларни киритиш юзасидан фикр алмашилди.
янв.21
Депутат томонидан ҳудудда ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Депутат фаолияти: аҳоли манфаатлари доимий эътиборда
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати Р.Муратова ногиронлиги бор фуқаролар билан суҳбатлашди
🚦 Maktab oldida svetofor o‘rnatish masalasi ko‘tarildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati S.Abdug‘aniyev tomonidan Ishtixon tumani Ichki ishlar bo‘limi Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i N.Ibragimovga deputat so‘rovi yuborildi.

📍 Mazkur so‘rov Mitan shaharchasida joylashgan 2-son ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi yonidagi yo‘lda yuzaga kelgan muammo yuzasidan yo‘llangan.

Uchrashuvlar davomida aholi hamda “mahalla yettiligi” tomonidan maktab atrofida piyodalar xavfsizligini ta’minlash, xususan svetofor o‘rnatish zarurati borasida ko‘plab murojaatlar bildirilgan.

🔧 Aniqlanishicha, mazkur hududdagi piyodalar o‘tish joyiga o‘rnatilgan ko‘chma svetofor nosoz holatga kelganligi sababli olib qo‘yilgan bo‘lib, hozirga qadar qayta o‘rnatilmagan.

⚠️ Hududda maktab bilan bir qatorda shifoxona va mahalla binosi joylashganligi bois, ayniqsa bolalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida svetoforni qayta o‘rnatish dolzarb masala hisoblanadi.

📌 Deputat tomonidan ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida rasmiy so‘rov yuborildi.

🕒 Mazkur so‘rov ijrosi belgilangan tartibda nazoratga olingan. 

Slide 1 of 1