Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат маданият маркази ва кутубхона фаолияти билан танишди
янв.21
13-Кўкча сайлов округида амалий ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Сессияси муҳокамасига соҳага оид долзарб масалаларни киритиш юзасидан фикр алмашилди.
янв.21
Депутат томонидан ҳудудда ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Депутат фаолияти: аҳоли манфаатлари доимий эътиборда
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати Р.Муратова ногиронлиги бор фуқаролар билан суҳбатлашди
📌 Sanitariya-gigiyena holati yuzasidan muhim masalalar ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-dekabrdagi 799-son qarori ijrosi yuzasidan tumandagi holat muhokama qilindi.

📝 Yig‘ilishda ijtimoiy soha muassasalari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari hamda avtomobil yo‘llari bo‘yidagi jamoat hojatxonalarining sanitariya-gigiyena holati o‘rganilgani, ayrim obyektlarda holat talab darajasida emasligi, ko‘plab joylarda ta’mirlash va qayta qurish zarurligi qayd etildi.

⚠️ Xususan, ayrim umumiy ovqatlanish shoxobchalari va yo‘l bo‘yidagi infratuzilmalarda gigiyenik sharoitlar yetarli emasligi, suv ta’minoti, jihozlar va obodonlashtirish bilan bog‘liq kamchiliklar mavjudligi ta’kidlandi. Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli subyektlarga tavsiyanomalar berilib, ayrimlariga nisbatan qonuniy choralar ko‘rildi.

🔍 Shuningdek, ijtimoiy soha muassasalarida mavjud hojatxonalar holati tahlil qilinib, ularning bir qismi namunali bo‘lsa-da, ayrimlari ta’mirtalab va qayta qurishni talab etishi qayd etildi.

✅ Yig‘ilish yakunida sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash, mazkur qaror ijrosini to‘liq ta’minlash, mas’ul tashkilotlar faoliyatini kuchaytirish hamda bu boradagi nazoratni yanada qat’iylashtirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3