Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат фаолияти: аҳоли манфаатлари доимий эътиборда
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати Р.Муратова ногиронлиги бор фуқаролар билан суҳбатлашди
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
“Uchtepa” ovulida yashovchi o‘quvchi yoshlar uchun muhim masala ijobiy hal etilishi kutilmoqda.
янв.21
Tuman hokimi - tuman Kengashi deputati Ruslan Ro'ziyev aholi murojaatlarini o'rganish va ularga amaliy yechim topish maqsadida tuman Xalq qabulxonasida navbatdagi sayyor qabulini o'tkazdi.
янв.21
Аҳоли муаммолари ўрганилди ва тиббий хизматлар сифати таҳлил қилинди
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMAN KENGASHINING YIGIRMA IKKINCHI SESSIYASI BO'LIB O'TDI
янв.21
Аҳолига тиббий хизмат кўрсатиш ҳолати депутатлар эътиборида
Deputatlik so‘rovi ijobiy echim topdi

Aholi manfaatlarini himoya qilish, joylardagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, ularni bartaraf etish — xalq vakillarining eng muhim vazifalaridan biridir. 

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati Sadoqat Nurmamatova tomonidan hududdagi 22- son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yuzaga kelgan muammo yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur bog‘chada ichimlik suvi tarmog‘i uch yildan buyon nosoz holatda bo‘lib, ta’lim muassasasida suv ta’minotining uzilib qolishiga sabab bo‘lgan. Bu esa ta`lim tashkilotida jiddiy muammoga aylangan edi.

Deputat tomonidan vaziyat o‘rganilib, tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi. Natijada muammo qisqa muddatda o‘z yechimini topdi — ichimlik suvi tarmog‘i to‘liq qayta tiklanib, muassasa toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.

Slide 1 of 2