Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат маданият маркази ва кутубхона фаолияти билан танишди
янв.21
13-Кўкча сайлов округида амалий ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Сессияси муҳокамасига соҳага оид долзарб масалаларни киритиш юзасидан фикр алмашилди.
янв.21
Депутат томонидан ҳудудда ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Депутат фаолияти: аҳоли манфаатлари доимий эътиборда
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати Р.Муратова ногиронлиги бор фуқаролар билан суҳбатлашди
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

📢 Sherobod tumanida yangi o‘quv binosi va sport maydonchasi foydalanishga topshirildi

Sherobod tumani “Majnuntol” mahallasida joylashgan 68-sonli umumta’lim maktabida muhim ijtimoiy ahamiyatga ega loyiha muvaffaqiyatli yakunlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Openbudjet.uz” rasmiy platformasi orqali o‘tkazilgan SMS ovoz berish yakunlariga ko‘ra, mazkur tashabbus tumanda istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan eng ko‘p ovoz to‘plab, g‘olib deb topilgan edi. Ushbu loyiha “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan moliyalashtirildi.

🏫 Natijada maktab hududida zamonaviy talablar asosida yangi o‘quv binosi barpo etilib, bolalar uchun qulay va xavfsiz sport maydonchasi qurib foydalanishga topshirildi. Yangi inshootlar o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi hamda sport bilan shug‘ullanishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratadi.

🎉 Ochilish marosimi tantanali ruhda o‘tkazilib, unda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 10-Chag‘atoy saylov okrugidan saylangan deputati Q. Raxamov, mahalla faollari, ustozlar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

💬 Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar bunday tashabbuslar aholining faol ishtiroki orqali hududlarni yanada obod qilish, ta’lim sifatini oshirish va yosh avlod uchun munosib sharoitlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladilar.

Slide 1 of 5