Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат маданият маркази ва кутубхона фаолияти билан танишди
янв.21
13-Кўкча сайлов округида амалий ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Сессияси муҳокамасига соҳага оид долзарб масалаларни киритиш юзасидан фикр алмашилди.
янв.21
Депутат томонидан ҳудудда ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Депутат фаолияти: аҳоли манфаатлари доимий эътиборда
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати Р.Муратова ногиронлиги бор фуқаролар билан суҳбатлашди
Mahalla nuroniylari bilan suhbat tashkil etildi.

 Xalq deputatlari Buloqboshi tuman Kengashi 10-“Shirmonbuloq”va”Navoiy” MFY okrugi deputati D.Akramov tomonidan hududni yanada obod va ko‘rkam qilish, aholi uchun qulay yashash muhitini yaratish hamda topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida mahallalar ellikboshilari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. 

Mazkur uchrashuv davomida hududda amalga oshirilishi rejalashtirilgan keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari, xususan, ko‘chalarni tartibga keltirish, ariqlarni tozalash, daraxt va gul ko‘chatlari ekish, ichki yo‘llarni ta’mirlash hamda aholi yashash hududlarining sanitariya holatini yaxshilash masalalari muhokama qilindi. 

Suhbat jarayonida deputat D.Akramov tomonidan mahallalarda obodonlashtirish ishlarini tizimli ravishda tashkil etish, har bir ko‘cha va hudud uchun mas’ullarni belgilash, aholining faol ishtirokini ta’minlash muhimligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, ellikboshilar tomonidan hududdagi mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va mulohazalar ham bildirildi. 

Uchrashuv yakunida Shirmonbuloq MFY hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish, aholi bilan hamkorlikda hasharlar tashkil etish hamda hududni yanada obod maskanga aylantirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.  

Slide 1 of 4