Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат маданият маркази ва кутубхона фаолияти билан танишди
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
13-Кўкча сайлов округида амалий ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Сессияси муҳокамасига соҳага оид долзарб масалаларни киритиш юзасидан фикр алмашилди.
янв.21
Депутат томонидан ҳудудда ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Депутат фаолияти: аҳоли манфаатлари доимий эътиборда
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати Р.Муратова ногиронлиги бор фуқаролар билан суҳбатлашди
Deputat so‘rovlariga rasmiy javob berildi

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati M.X. Tadjiyeva tomonidan yuborilgan deputat so‘rovlari yuzasidan Chilonzor tumani hokimligi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi. 

Mazkur masala bo‘yicha tuman hokimi o‘rinbosari K. Xamrayev tomonidan quyidagilar ma’lum qilindi. 

Deputat so‘rovlarida ko‘tarilgan Sharaf mahallasi hududidagi 26–27-ko‘p qavatli uylar oldida bolalar o‘yin maydonchasini barpo etish hamda ta’mirlash ishlari bo‘yicha ushbu ishlar tegishli dasturga kiritilgani bildirildi. Mazkur qurilish-ta’mirlash ishlari
zarur mablag‘ ajratilgandan so‘ng amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
 

Shuningdek, Sharaf mahallasidagi 27-ko‘p qavatli uy oldida piyodalar yo‘lagi hamda avtomobillar harakatlanish yo‘l qismini ta’mirlash masalasi ham tegishli dasturga kiritilgani ta’kidlandi. Ushbu ishlar ham moliyalashtirish manbalari aniqlanib, mablag‘ ajratilgach bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.  

Ta’kidlanishicha, deputat so‘rovlarida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli ishlarrejalashtirilgan va belgilangan tartibda amalga oshiriladi.