Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат маданият маркази ва кутубхона фаолияти билан танишди
янв.21
13-Кўкча сайлов округида амалий ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Сессияси муҳокамасига соҳага оид долзарб масалаларни киритиш юзасидан фикр алмашилди.
янв.21
Депутат томонидан ҳудудда ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Депутат фаолияти: аҳоли манфаатлари доимий эътиборда
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати Р.Муратова ногиронлиги бор фуқаролар билан суҳбатлашди
"Navro‘zni ulug‘lash - insonni ulug‘lash!" shiori ostida hashar o‘tkazildi

Xalqimizning asrlar davomida saqlanib kelayotgan ezgu fazilatlardan biri hashar hisoblanadi. Uning zamirida Vatanni sevish, yurtni obod etish, farovon turmush barpo etishga intilish mujassam. Borliq uyg‘onib, bahor fasli kirib kelganida joylarda hasharlar o‘tkazish, hududlarni obodonlashtirish tadbirlarini amalga oshirish yaxshi an’anaga aylangan.

Yurtimizda Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlash, muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini davom ettirish maqsadida xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva tashabbusi bilan Olmazor tumanidagi “G‘alaba” mahallasida umumxalq hashari tashkil etildi. 

Umumxalq hasharida xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputatlari, yotoqxonada yashovchi fuqarolar hamda mahalla faollari ishtirok etib, hududni yanada obod va ko‘rkam qilishga qaratilgan ishlar amalga oshirildi.

Hashar davomida hududdagi ko‘p yillik daraxtlar osti tozalandi, ariqlar tozalanib, daraxtlar oqlandi. Gul ko‘chatlarining taglari yumshatildi. Chiqindilar belgilangan hududlarga olib chiqildi. Hashar elga yarashar, deydilar. O‘zaro hamjihatlik, inoqlik asosida tashkil etilgan xayrli tadbir natijasida yotoqxona hududi, xizmat xonalari ozoda, shinam va obod holga keltirildi.

Deputatlar bunday tadbirlarning kelgusida ham davom ettirilishini va mahallalarda ijtimoiy ishlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Hasharda ishtirok etgan barcha ko‘ngilli yoshlar va fuqarolarga minnatdorchilik bildirildi.

Slide 1 of 11