Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат маданият маркази ва кутубхона фаолияти билан танишди
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
13-Кўкча сайлов округида амалий ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Сессияси муҳокамасига соҳага оид долзарб масалаларни киритиш юзасидан фикр алмашилди.
янв.21
Депутат томонидан ҳудудда ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Депутат фаолияти: аҳоли манфаатлари доимий эътиборда
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати Р.Муратова ногиронлиги бор фуқаролар билан суҳбатлашди
Payshanba – yoshlar kuni: kelajak egalari bilan ochiq muloqot

Mamlakatimizda yoshlar masalasiga qaratilayotgan e’tibor yana bir muhim tashabbus bilan davom etdi. Davlat rahbari tomonidan payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb e’lon qilinishi – bu yosh avlodga bo‘lgan yuksak ishonch va e’tiborning yana bir yorqin ifodasidir.

Mazkur tashabbus doirasida xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyati mudiri F.Xolnuratova yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. 

Uchrashuv davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglandi, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr almashildi hamda kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

Samimiy va ochiq ruhda o‘tgan uchrashuvda ta’lim, bandlik, tadbirkorlik, sport va madaniyat yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. 

Shuningdek, yoshlarning innovatsion g‘oyalari va startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni har tomonlama rag‘batlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 4