Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат маданият маркази ва кутубхона фаолияти билан танишди
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
13-Кўкча сайлов округида амалий ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Сессияси муҳокамасига соҳага оид долзарб масалаларни киритиш юзасидан фикр алмашилди.
янв.21
Депутат томонидан ҳудудда ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Депутат фаолияти: аҳоли манфаатлари доимий эътиборда
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати Р.Муратова ногиронлиги бор фуқаролар билан суҳбатлашди
DEPUTAT NAZORATI: MAKTABGA ELTUVCHI YO‘L TA’MIRLANADIGAN BO‘LDI

🏛 DEPUTAT NAZORATI: MAKTABGA ELTUVCHI YO‘L TA’MIRLANADIGAN BO‘LDI

✅Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashiga 1-O‘zbekiston saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi raisi D.Safarova tomonidan saylovchilar murojaati asosida muhim tashabbus ilgari surildi.

✅Muammo nimada edi?

"Yoshlik" mahallasi aholisi va ota-onalar tomonidan mahallada joylashgan 2-sonli umumta’lim maktabiga olib boruvchi ichki ko‘chaning holati o‘ta ayanchli ekanligi, yog‘ingarchilik kunlarida o‘quvchilar va piyodalar harakati uchun jiddiy qiyinchiliklar tug‘dirayotganligi yuzasidan murojaat kelib tushgan.

✅Deputat D.Safarova ushbu holatni shaxsan borib o‘rgandi va yo‘lning bugungi holati talabga mutlaqo javob bermasligini tasdiqladi. Mazkur muammoni bartaraf etish, o‘quvchilarning maktabga xavfsiz va qulay yetib borishini ta’minlash maqsadida tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.

✅Kutilayotgan natija:

Yuborilgan deputatlik so‘rovi asosida yaqin kunlarda ushbu ichki ko‘chada ta’mirlash (shag‘allashtirish yoki asfaltlash) ishlarini boshlash rejalashtirildi. Ijro jarayoni deputat tomonidan qat'iy nazorat qilinadi.  

Slide 1 of 1