Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат маданият маркази ва кутубхона фаолияти билан танишди
янв.21
13-Кўкча сайлов округида амалий ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Сессияси муҳокамасига соҳага оид долзарб масалаларни киритиш юзасидан фикр алмашилди.
янв.21
Депутат томонидан ҳудудда ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Депутат фаолияти: аҳоли манфаатлари доимий эътиборда
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати Р.Муратова ногиронлиги бор фуқаролар билан суҳбатлашди
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

"Paxtakor" oilaviy shifokorlik punkti foydalanishga topshirildi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 13-Ozodlik saylov okrugi deputati Xalnisa Shayimova tomonidan 2026-yil 12-yanvar kuni tuman hokimining o‘rinbosari Komiljon Abdaliyev nomiga yo‘llangan 5-ds-384-26-sonli deputat so‘rovi asosida sog‘liqni saqlash sohasidagi dolzarb masala ijobiy hal etildi.

Mazkur so‘rovda ta’mirlash ishlari yakunlangan bo‘lsa-da, faoliyati yo‘lga qo‘yilmay kelayotgan 9-oilaviy shifokorlik punkti masalasi ko‘tarilgan edi. Tuman hokimligi tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida joriy yilning 28-fevral kuni “Paxtakor” oilaviy shifokorlik punkti tantanali ravishda ochilib, foydalanishga topshirildi.

Boyovut tumani Paxtakor mahallasida 2200 nafardan ortiq aholiga xizmat ko‘rsatib kelayotgan mazkur tibbiyot maskani kapital ta’mirdan chiqarilib, zamonaviy talablarga mos holatga keltirildi. Xonalar kengaytirilib, yorug‘ va qulay sharoit yaratildi, tibbiyot xodimlari hamda fuqarolar uchun zarur imkoniyatlar ta’minlandi.

Ushbu bunyodkorlik ishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-martdagi PQ-93-sonli qaroriga muvofiq amalga oshirildi.

Slide 1 of 8