Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат маданият маркази ва кутубхона фаолияти билан танишди
янв.21
13-Кўкча сайлов округида амалий ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Сессияси муҳокамасига соҳага оид долзарб масалаларни киритиш юзасидан фикр алмашилди.
янв.21
Депутат томонидан ҳудудда ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Депутат фаолияти: аҳоли манфаатлари доимий эътиборда
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати Р.Муратова ногиронлиги бор фуқаролар билан суҳбатлашди
Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tdi.

Joriy yilning 25-noyabr kuni Parkent tuman hokimligi katta majlislar zalida Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida Toshkent viloyati hokimi Z.Mirzayev, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi raisi S.Fayziyeva, viloyat va tuman Kengashi deputatlari, hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot mutasaddilari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Isoqulov Sardor Dadajonovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan tuman hokimi lavozimidan ozod qilindi hamda viloyat hokimi Elmurod Po‘latov nomzodini Parkent tuman hokimi lavozimiga tavsiya qildi. Deputatlar nomzodning yaqin istiqboldagi faoliyatiga doir taqdimot bilan tanishdilar. Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining qarori bilan Elmurod Po‘latov Parkent tumani hokimi etib tayinlandi.Shuningdek sessiyada tuman Kengashi deputatlari X.Muxitdinov va Y.Uboydullayeva Parkent tuman hokimi sifatida faoliyatini yakunlab Bo‘ka tumanida hokim lavozimida ish boshlagan S.Isakulovga hokim bo‘lib ishlagan davri uchun minnatdorchilik bildirib, yangi tayinlagan hokim E. Po‘latovga kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilab, deputatlar jamoasi doimo yonida kamarbasta bo‘lishini aytib o`tishdi. 

Slide 1 of 6