Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат маданият маркази ва кутубхона фаолияти билан танишди
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
13-Кўкча сайлов округида амалий ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Сессияси муҳокамасига соҳага оид долзарб масалаларни киритиш юзасидан фикр алмашилди.
янв.21
Депутат томонидан ҳудудда ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Депутат фаолияти: аҳоли манфаатлари доимий эътиборда
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати Р.Муратова ногиронлиги бор фуқаролар билан суҳбатлашди
Charog‘bon mahalla fuqarolar yig‘inida “Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” ko‘rik-tanlovining mahalla bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda komissiya a’zolari A.Temur, Spitamen, Birlik, Yoshlik, A.Dehotiy, H.Olimjon va Ittifoq ko‘chalaridagi xonadonlarida bo‘lishdi.

Xonadonlar va ko‘chalarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, aholining poklik va go‘zallikka bo‘lgan e’tibori, hovlilarning ozodaligi hamda yashil hududlar tashkil etilishi o‘rganildi.

Ko‘rik-tanlovning maqsadi — mahalladagi fuqarolarni obodonlik va go‘zal muhit yaratishga jalb etish, namunaviy xonadon va ko‘chalarni aniqlash hamda ularning tajribalarini ommalashtirishdan iborat.

Tadbir yakunida eng namunaviy xonadon va ko‘chalar keyingi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etildi.

M. Aminova,

tuman kengashi deputati.

Slide 1 of 4