Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат маданият маркази ва кутубхона фаолияти билан танишди
янв.21
13-Кўкча сайлов округида амалий ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Сессияси муҳокамасига соҳага оид долзарб масалаларни киритиш юзасидан фикр алмашилди.
янв.21
Депутат томонидан ҳудудда ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Депутат фаолияти: аҳоли манфаатлари доимий эътиборда
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати Р.Муратова ногиронлиги бор фуқаролар билан суҳбатлашди
Tibbiyot va farmatsevtika sohasiga yangi marralar — Prezident tashabbuslari soha vakillariga katta rag‘bat bo‘lmoqda

Bugun yurtimizda sog‘liqni saqlash tizimi taraqqiyotiga, inson salomatligini muhofaza qilishga katta e’tibor qaratilmoqda. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bilan o‘tkazgan uchrashuvi bu yo‘nalishdagi islohotlarning yangi bosqichini boshlab berdi.  

 Davlatimiz rahbari soha vakillarini kasb bayrami bilan samimiy tabriklar ekan, shifokorlar, hamshiralar va farmatsevtlarning fidokorona mehnatini yuksak qadrladi. Ushbu soha xodimlari el-yurtimiz salomatligining posbonlari ekanini ta’kidlab, ularga minnatdorlik bildirdi.  

 Prezidentimiz nutqida zamonaviy tibbiyotni farmatsevtika sohasisiz tasavvur etib bo‘lmasligi qayd etildi. Shu munosabat bilan endi bu bayram “Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni” sifatida nishonlanishi taklif etildi. Bu tashabbus soha vakillariga yangi kuch-g‘ayrat, izlanish va rivojlanish ruhini bag‘ishlaydi.  

 Tibbiyot tizimini yanada takomillashtirish, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, yangi texnologiya va ilg‘or amaliyotlarni joriy etish borasidagi davlat dasturlari bugungi kunda o‘z samarasini bermoqda.  

 Tuman kengashi deputati va soha vakili sifatida aytish mumkinki, Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan bu kabi tashabbuslar xalqimiz salomatligi va soha rivoji yo‘lida yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda. 

 

Ibrohim O‘rinov, tuman tibbiyot birlashmasi Ambulator poliklinika xizmati bo’yicha boshliq o‘rinbosari, tuman Kengashi deputati