✅Tumanda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ayniqsa, ijtimoiy ob’yektlardagi ahvolni o‘rganish maqsadida tuman Kengashi deputatlari Z.Nazarov va A.Kudayberganovalar "Nazarbek" hududlarida joylashgan tuman MMT bo‘limi tasarrufidagi 2- va 5-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, 8-24-maktablarga hamda 18-oilaviy poliklinkasiga bordilar.
✅Deputatlar shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tashkilotlarning sanitariya-gigiyena holatlarini ham e’tibordan chetda qoldirmadilar.
✅Aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan mutasaddilarga vazifalar va ijrosi bo‘yicha muhlatlar berildi.