Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Bir farzandga uch kitob

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputati U.Abdunazarov tomonidan hamkorlikda 18-sonli umumta’lim maktabida bolalarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ma’naviyat va ma’rifat sohasida kutubxonalarni o‘rni va ahamiyatini inobatga olgan holda “Bir farzandga uch kitob” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda kitob umr yoʻllarini yorituvchi soʻnmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh boʻluvchi sodiq doʻst ekanligi ta’kidlandi. Insonning maʼnaviy kamolotini taʼminlashda kitob singari kuchli qudratga ega vosita yoʻq. Shu bois azal-azaldan maʼrifat peshvolari butun insoniyatni kitob oʻqishga, undan ilmu odob sirlarini oʻrganishga chorlab kelgan. Tadbir davomida maktab ma'muriyati tomonidan "Jadidlar izidan" tanlovi maktab bosqichida g'olib bo'lgan o'quvchilar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar. Shu bilan birga ota-onalar farzandlarida qiziqishidan kelib chiqib kitoblar hadya qildilar.  

Slide 1 of 4