Xalq deputatlari Bekobod tuman kengashiga 12-Madaniyat saylov okrugidan saylangan deputat Bobojonov Qobiljon Mamadiyevich tomonidan Parchayuz mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan ijtimoiy soha obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
Deputat mahalladagi maktab, maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda oilaviy poliklinika faoliyati bilan tanishib, ayniqsa kuz-qish mavsumida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan isitish tizimlari va ularning saqlanish holatini joyida ko‘zdan kechirdi.
O‘rganishlar davomida xususiy do‘konlardagi oziq-ovqat narxlarining mavsumiy o‘sishi, noroziliklarni kuchaytirishni oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar olib borildi.
Shuningdek o‘rganishlar davomida mavjud muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tashkilotlarga aniq taklif va tavsiyalar berildi. Deputat tomonidan ushbu obyektlarda zarur sharoitlar yaratish, energiya ta’minotini barqarorlashtirish va aholi salomatligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.