Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman kengashining navbatdagi VII chaqiriq 27-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Sessiyada xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman kengashi deputati, tuman hokimi Shuxrat Axmedov, tuman kengashi deputatlari hamda tegishli idora-tashkilot rahbarlari ishtirok etdi. Sessiyani xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman kengashi raisi Maxmud Tangriberganov boshqarib bordi.
Kun tartibida jamg‘armalar mablag‘larini ajratish, mahalliy budjet ijrosi va qo‘shimcha manbalarni shakllantirish, suv resurslaridan samarali foydalanish, ekologiya sohasidagi ishlar hamda ayrim qarorlarga o‘zgartirish kiritish masalalari ko‘rib chiqildi.
Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.