Deputat so‘rovi natija berdi
Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati M. Eshniyozov tomonidan ko‘tarilgan muammolar o‘z yechimini topdi.
Navoiy shahridagi Ibn Sino ko‘chasida joylashgan yotoqxonalarda yuqori qavatlarga ichimlik suvi chiqmasligi aholini uzoq vaqtdan beri qiynab kelayotgan edi. Masala o‘rganilib, nasos uskunalari orqali 7–8-qavatlarga suv yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi.
Shuningdek, yotoqxonadagi yuvinish xonalari bo‘yicha ham aniqlik kiritildi: ular faqat birinchi qavatda emas, balki yuqori qavatlarda ham faoliyat yuritmoqda.
Yana bir muhim jihat — 2026 yilning ikkinchi yarmida mazkur yotoqxonalarda yuvinish xonalarini ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Deputat so‘rovi orqali ko‘tarilgan masalalar e’tiborsiz qolmadi va amalda ijobiy o‘zgarishlar boshlandi.