Yangiliklar

#yoshlar_maslahat_guruhi

#yoshlar_maslahat_guruhi

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Ushbu majlisda Kengas kotibiyati mudiri Sh.Isamutdinov, mutaxassislar I.Ikromov va Z.Temirovalar ishtirok etdi.

Majlisda yoshlar bilan bog‘liq dolzarb masalalar, ularning taklif va tashabbuslari, shuningdek, hududdagi mavjud muammolar muhokama qilindi. Ishtirokchilar tomonidan ta’lim, bandlik, sportni rivojlantirish hamda yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha bir qator takliflar ilgari surildi.

Shuningdek, yig‘ilishda yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish, ijtimoiy faollikni kuchaytirish va turli loyihalarda ishtirokini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Maslahat guruhi a’zolari tomonidan bildirilgan takliflar asosida tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Majlis yakunida yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi. Mazkur yig‘ilish yoshlar va mahalliy kengash o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) /Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) /Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/ Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)

Slide 1 of 10