Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri I.Masharipov hamda 11–Istiqbol saylov okrugi deputati G.Dosova tomonidan Paxtakor mahallasidagi 42-son umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔎 E’tibor qaratildi:
Ta’lim to‘g‘risidagi qonun ijrosi
O‘quv jarayoni sifati
Ketring (ovqatlantirish) xizmati holati
📌 Natija:
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi va ta’lim hamda ovqatlantirish sifatini yaxshilash bo‘yicha choralar belgilandi.
🤝 Maqsad:
Hududdagi ta’lim muassasalarida sifatli ta’lim va sog‘lom ovqatlantirish tizimini ta’minlash, o‘quvchilar uchun munosib sharoit yaratish.