Xalq deputatlari Konimex tumani Kengashi deputati X.Djumatayeva ta'lim maskanlarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligini o'rganish maqsadida tumandagi 1-umumta'lim maktabida bo'ldi.
Jarayonda maktabdagi yangi o'quv yiliga tayyorgarlik ishlari, maktab hovlisida amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlarini ko'zdan kechirdi.
Shuningdek, tuman Kengashi deputati X.Djumatayeva tomonidan ta'lim-tarbiya sifatini oshirish, ta'lim maskanida mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan maktab rahbariga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.