Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#nazorat_tahlil

#nazorat_tahlil

Xalq deputatlari Kattaqо‘rg‘on tumani Kengashi deputati A. Xudoyberdiyev tomonidan tumanda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari va hududlarni muhofaza qilish tadbirlari yuzasidan navbatdagi о‘rganish о‘tkazildi.

Tumanning moybuloq hududida joylashgan bog‘larni tizimi hamda atrofiga o‘rnatilayotgan tо‘siq va panjara konstruksiyalarining montaj qilinishi deputat tomonidan joyiga chiqib о‘rganildi. Mutaxassislar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar jarayoni, metall panjaralarni о‘rnatish va tirgaklarni mustahkamlash holati atroflicha kо‘zdan kechirildi.

О‘rganish davomida bajarilayotgan ishlar belgilangan loyiha talablariga muvofiq ekani, bog‘ hududlarini chorva hayvonlaridan muhofaza qilish maqsadida amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Deputat ishchilar bilan suhbatda jarayonning sifatli, xavfsiz va о‘z vaqtida yakunlanishi zarurligini alohida qayd etdi.

Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashi deputati

Xudoyberdiyev Alisher Aktamovich

https://t.me/kattaqurgontumankengashi

Slide 1 of 8