Sessiya ishini Хalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining raisi o‘rinbosari A.Mamatmurodov boshqarib bordi. Deputatlar tomonidan kun tartibidagi barcha masalalar batafsil ko‘rib chiqildi.
Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining deputatlar H.Tavasharov, D.Soatov va H.Ismatullaevlar ko‘rilgan masalalar yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.
Sessiyada ko‘rilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.