Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat saylovchilariga hisobot berib, sayyor qabul o'tkazdi

Deputat saylovchilariga hisobot berib, sayyor qabul o'tkazdi

Bugun Xalq deputatlari Kattaqo'rg'on shahar Kengashi deputati N.Xakimov 2025-yil 1-choragi davomida faoliyati yuzasidan saylovchilari oldida hisobot berdi.

Deputat o‘z saylov okrugida olib borilgan ishlar, aholi murojaatlari yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘rovlari, ijro natijalari haqida axborot berdi. Hududiy ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarning ijrosi haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, uchrashuvda aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yo‘l infratuzilmasi, bandlik, ijtimoiy yordam kabi ham muhokama qilinib, ular yuzasidan o‘z fikr-mulohazalar va takliflar bildirildi.

Yakunida fuqarolar tomonidan berilgan savollarga ochiq muloqot asosida javoblar berildi. Ayrim masalalar bo‘yicha deputat tomonidan yozma tartibda so‘rovlar tayyorlanishi va ijrosi nazoratga olinishi bildirildi.

Slide 1 of 12