Kattaqo‘rg‘on shahar 13 umumta’lim maktabida "Qoriravot" mahallasi fuqarolari, yoshlar bilan "Uch avlod uchrashuvi" ruknida ma’naviy tadbir o‘tkazildi. Unda shahar hokimining o‘rinbosari J.G‘aniev, shahar Kengashi deputat va "Nuroniy" jamg‘armasi shahar bo‘limi raisi T.Xamidov, mahalla faollari, keksa nuroniylar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar tomonidan yoshlar har jabhada faol bo‘lishlari, chuqur bilim olishlari hamda, kerakli bilim, kasb-hunar egallashlari lozimligini ta’kidlashdi. Shuningsek, bugungi kunda yoshlarimizning sport va boshqa sohalarda erishayotgan yutuqlari e’tirof etilib, ularning Vatan kelajagi hamda ertasi ekanligi borasida fikrlar bildirildi.