Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлар “Ғарб мачит” маҳалласида бўлдилар
янв.21
Xalq deputatlari Kattaqoʻrgʻon shahar Kengashining navbatdagi oltinchi sessiyasi boʻlib oʻtmoqda.
янв.21
Uch avlod uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
“Adolat” SDP yetakchisi Kattaqo‘rg‘on shahrida bo'ldi
янв.21
ISTIQBOLLI LOYIHALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
UCH AVLOD VAKILLARI UCHRASHDILAR
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga 32-Samarqand saylov okrugidan saylangan deputat Jasur Mamaraimovich Shodiev Kattaqo’rg’on shaharida
янв.21
Aholi salomatligi muhim masala
янв.21
Xalq deputatlari Kattaqo'rg'on shahar Kengashining beshinchi sessiyasi
янв.21
Kattaqo’rg’on shahar kengashi deputati B. Urunovning hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda biriktirilgan mahallalarda o’tkazilgan uchrashuv yuzasidan ma’lumot
Inson hayoti bebaho neʼmat, u barcha narsadan ustun

 Xiva shahridagi Shixlar va Yangi turmush mahallalarida “Inson hayoti bebaho neʼmat, u barcha narsadan ustun” tamoyili asosidagi “Ogoh boʻling-is gazi” targʻibot-tashviqot aksiyasi doirasida aholi bilan boʻlgan uchrashuvlarda tushuntirish ishlari olib borildi. 

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputat yordamchisi G.Karimova, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Bobajanov,OʻzLiDeP Xorazm viloyat Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari I.Fayzullayev, FVB xodimlari, mahalla faollari va boshqa mutasaddilar ishtirok etdi. 

Aholi xonadonlarida isitish tizimlarini muntazam tekshirish va taʼmirlab borish, xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qilish, is gazining xavfliligi va undan saqlanish boʻyicha mutaxassislar tomonidan atroflicha tushuncha berildi.  

“Ogoh boʻling-is gazi” aksiyasi doirasida shu kunning oʻzida mahalladagi kam taʼminlangan, ijtimoiy koʻmakka muhtoj oila xonadonlariga partiya tashabbusi hamda begʻaraz koʻmak sifatida is gazini aniqlaydigan uskunalar oʻrnatib berildi. Bu uskunalar gaz sizib chiqish xavfini tezda aniqlash imkoniyatini beradi hamda bu vaziyatlar haqda oldindan ogohlantiradi.  

Tadbirlar davomida is gazi chiqqanda ogohlantiruvchi uskunalarni oʻrnatish, ushbu uskunaning afzalliklari, undan foydalanish qoidalari tushuntirilmoqda. Uskunalar yordamida is gazining mavjudligini tezda aniqlash va shaxslarni xavfsiz hududga koʻchirish mumkin, bu esa odamlarning salomatligini himoya qilishga xizmat qiladi. 

Tadbirlar davomida is gazidan himoya qilishning muhimligi va xavfli holatlar yuzasidan oldindan ogohlantirish zarurligi haqida koʻrsatmalar berildi. Shuningdek, uchrashuvlar davomida koʻplab aholi vakillari is gazining kelib chiqish sabablarini aniqlash va bunday holatlarning oldini olish uchun qanday choralar koʻrilishi kerakligi
haqida amaliy maslahatlar olishdi. 

Slide 1 of 4