Avval xabar qilganimizdek, Ishchi guruh va faollar tomonidan tumandagi ijtimoiy soha obyektlarining faoliyati, kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi va obodonlashtirish holati yuzasidan jamoatchilik nazorati asosida o‘rganish olib borilmoqda. Jumladan bugun Ishchi guruh Sug‘onchi mahallasida joylashgan 16-sonli DMTT, 6-umumta’lim maktabi hamda Sug‘onchi oilaviy poliklinikasida o‘rganish olib borishib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish borasida mas’ullarga muhim tavsiyalar berishdi.