Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Prezident Murojaatnomasi mazmuni keng jamoatchilikka yetkazildi
янв.21
TA’LIM MUASSASALARIDA TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
“Deputat O. Yoldoshev tomonidan korrupsiyaning oldini olish va marosimlarni ixchamlashtirish bo‘yicha targ‘ibot uchrashuvi”
янв.21
Кармана туманида тиббиёт бирлашмаси фаолияти ўрганилди
янв.21
Ko'zi ojizlar va yordamga muhtojlar uchun iliq bayram lahzalari
янв.21
Kuz-qish mavsumi-deputat e'tiborida
янв.21
Депутатлар томонидан Кармана тумани тиббиёт бирлашмасининг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
Партия ходимлари қишлоқ аёллари ҳолидан хабар олди
янв.21
Наврўз маҳалласида очиқ мулоқот!
янв.21
Yangi loyiha — “SIYOSATGA MARHAMAT”
Kichik sanoat zonalarda o‘rganish ishlari olib borildi

Kichik sanoat zonalarda o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari guruhi tumandagi Turk mahalla fuqarolar yig‘ini Mingchinor qishlog‘i hududida joylashgan
“Turk” hamda “Turk-2” Kichik sanoat zonalarida qurilish, montaj hamda ishlab chiqarish masalalari bo‘yicha o‘rganish ishlarini olib bordilar.
  

“Turk” kichik sanoat zonasi jami 37 ta lotlarga ajratilgan bo‘lib, bugungi kunda mazkur sanoat zonasining 21 ta lotlarida umumiy qiymati
46,0 mlrd so‘mga teng bo‘lgan 21 ta loyihalar joylashtirilgan. Shu kunga qadar qiymati 21,9 mlrd so‘mlik 8 ta loyihalar foydalanishga qabul qilinib, 70 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.
   

 Turk-2” KSZ esa 59 ta lotga ajratilgan bo‘lib, xozirda qiymati 22,1 mlrd so‘mga teng 23 ta loyiha joylashtirilgan. Ulardan umumiy qiymati
9, 4 mlrd so‘m bo‘lgan 6 ta loyiha faoliyatini boshlagan va 30 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan. Xozirda mazkur korxonalar tomonidan ichki bozorga import o‘rnini bosuvchi mix, samorez, sellofan, plastik quti, quritilgan meva va boshqa maxsulotlar yetkazib berilmoqda.
   

 O‘rganishlar natijasida tuman deputatlari xar ikki kichik sanoat zonalarida qurilishi, montaj ishlari nihoyasiga yetmagan ishlab chiqarish korxonalarini tezroq foydalanishga topshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha tegishli mas’ullarga tavsiyalar berdilar.  

Slide 1 of 9