Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashi deputati N.Uralova tomonidan Bekobod shahridagi 18-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan ustuvor g‘oya va vazifalar yuzasidan seminar tashkil etildi. Mazkur seminar Prezidentimizning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilab berilgan asosiy yo‘nalishlar, jumladan, ta’lim sohasini rivojlantirish, jamiyatda islohotlarning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etishga bag‘ishlandi. Seminar davomida deputat N.Uralova Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan ustuvor vazifalar haqida batafsil to‘xtalib, ularning ta’lim tizimidagi ahamiyati, o‘qituvchi va yoshlar zimmasidagi mas’uliyat, shuningdek, islohotlarning hayotimizdagi amaliy natijalari haqida atroflicha ma’lumot berdi.