Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Prezident Murojaatnomasi mazmuni keng jamoatchilikka yetkazildi
янв.21
TA’LIM MUASSASALARIDA TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
“Deputat O. Yoldoshev tomonidan korrupsiyaning oldini olish va marosimlarni ixchamlashtirish bo‘yicha targ‘ibot uchrashuvi”
янв.21
Кармана туманида тиббиёт бирлашмаси фаолияти ўрганилди
янв.21
Ko'zi ojizlar va yordamga muhtojlar uchun iliq bayram lahzalari
янв.21
Kuz-qish mavsumi-deputat e'tiborida
янв.21
Депутатлар томонидан Кармана тумани тиббиёт бирлашмасининг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
Партия ходимлари қишлоқ аёллари ҳолидан хабар олди
янв.21
Наврўз маҳалласида очиқ мулоқот!
янв.21
Yangi loyiha — “SIYOSATGA MARHAMAT”
Qishloq xo`jaligi xodimlari kuni munosabati bilan tumanimizda bayram tadbiri bo`lib o`tdi.

 Qishloq xo`jaligi xodimlari kuni munosabati bilan Jalaquduq tumanida bayram tadbiri o`tkazildi. Tadbirda soha fidoyilariga hurmat va e`tibor ko`rsatilib, yil davomida samarali mehnat qilgan ilg`or xodimlar hamda tashabbuskor fermer va dehqonlar taqdirlandi. Bayramda rahbarlar tomonidan soha vakillariga samimiy tabrik va ezgu tilaklar bildirildi. Shuningdek, tadbir ko`tarinki kayfiyatda o`tib, madaniy chiqishlar, o`yin-kulgular bayramga yanada fayz bag`ishladi. Tadbirda tuman Kengashi raisi H.Latipov boshchiligida bir gurux deputatlari ishtirok etdi. Qishloq xo`jaligi xodimlari kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbiri doirasida soha vakillarini taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi. Marosimda tumanimizda qishloq xo`jaligini rivojlantirish, hosildorlikni oshirish, aholi bandligini ta`minlash va tomorqa
hamda fermer xo`jaliklari faoliyatini qo`llab-quvvatlash borasida munosib hissa qo`shib kelayotgan ilg`or fermer va dehqonlar, mexanizatorlar hamda soha mutaxassislari e`tirof etildi.
Mehnatda namuna bo`layotgan fidoyi insonlarga faxriy yorliq va esdalik sovg`alari topshirilib, ularga kelgusida ham barakali mehnat, mustahkam salomatlik va yangi yutuqlar tilandi.Tuman Kengashi deputati Rayimqulova Santalatxon “Eng ilg`or fermer” ko`krak nishoni bilan taqdirlandi.  

Slide 1 of 6