#Deputatlik_nazorati
✅ Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashiga 15-“Navro‘z” saylov okrugidan saylangan deputat Usmonov Jasurbek Muxammad o‘g‘li Oqoltin tumandagi 15-sonli umumta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan o‘rganishlar olib bordi.
✅ O‘rganishlar jarayonida Andijon MFY hududida joylashgan 15-sonli umumta’lim maktabining issiqlik tizimi holati, ko‘mir zahirasi bilan tanishdi. 15-sonli umumta’lim maktabida 2025-2026-yil kuz-qish mavsumiga 40 tonna ko‘mir zahirsi borligi aniqlandi.
✅ Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan deputat tegishli mas’ullarga tavsiyalar berdi.