Deputatlik_nazorati
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashiga 11-“Mustaqillik” saylov okrugidan saylangan deputat Eshbayev Sherzod Narbayevich o‘z saylov okrugida ijtimoiy soha obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan o‘rganishlar olib bordi.
O‘rganishlar jarayonida Andijon MFY hududida joylashgan 7-sonli umumta’lim maktabining issiqlik tizimi holati, ko‘mir zahirasi bilan tanishdi. 2025-2026-yil kuz-qish mavsumiga 112 tonna ko‘mir zahirsi mavjud.
O‘rganishlar jarayonida Andijon MFY hududida joylashgan 3-sonli DMTTining issiqlik tizimi holati bilan tanishdi. 3-sonli DMTT elektr energiyasi bilan isitiladi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan deputat tegishli mas’ullarga tavsiyalar berdi.