Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TA’LIM MUASSASALARIDA TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
“Deputat O. Yoldoshev tomonidan korrupsiyaning oldini olish va marosimlarni ixchamlashtirish bo‘yicha targ‘ibot uchrashuvi”
янв.21
Кармана туманида тиббиёт бирлашмаси фаолияти ўрганилди
янв.21
Ko'zi ojizlar va yordamga muhtojlar uchun iliq bayram lahzalari
янв.21
Kuz-qish mavsumi-deputat e'tiborida
янв.21
Депутатлар томонидан Кармана тумани тиббиёт бирлашмасининг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
Партия ходимлари қишлоқ аёллари ҳолидан хабар олди
янв.21
Наврўз маҳалласида очиқ мулоқот!
янв.21
Yangi loyiha — “SIYOSATGA MARHAMAT”
янв.21
Tabiatni asrash – umumxalq harakatiga aylanmoqda
Deputat savdo rastalaridagi mahsulotlarni ko‘zdan kechirdi

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati Feruza Salomova hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Olmazor tumani bo‘limi sanitariya-gigiyena laboratoriya xodimlari bilan hamkorlikda o‘zi saylangan okrug markazidagi savdo rastalarini ko‘zdan kechirdi. U tashrifi davomida meva-sabzavot mahsulotlari, konservalangan bankalar va boshqa oziq-ovqatlar sifatini o‘rgandi.

 Deputat F.Salomova savdogarlar bilan suhbatlashib, mahsulotlarning narxi, sifati hamda iste’molchilarga taqdim etilayotgan xizmat darajasi bilan qiziqdi. Shu bilan birga, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratildi.

 Bunday reydlar aholiga sifatli va xavfsiz poliz mahsulotlarini yetkazib berish, sog‘liq uchun xavf tug‘dirmaydigan maishiy xizmat muhitini yaratish maqsadida muhim ahamiyat kasb etadi. Tashrif yakunida deputat ayrim savdo nuqtalarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berdi.

Slide 1 of 4