Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
⚡️Eskirgan elektr tarmoqlari va xavfsizlik masalasi — deputat nazoratida
янв.21
📊 MAHALLIY BYUDJET IJROSI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
🔰Hisobot sessiya muhokamasiga tayyorlanmoqda – deputatlik nazorati
янв.21
🚗 Avtomobil sanoatidagi o‘zgarishlar — raqobat va yangi imkoniyatlar
янв.21
🤑Imtiyozli kredit olish masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔰Kiberxavfsizlik va mahalladagi barqaror muhit — deputat e’tiborida
янв.21
🔥Is gazidan zaharlanishning oldini olish — deputatlik nazoratida
янв.21
🤑Mintaqaviy hamkorlik — iqtisodiy taraqqiyot omili
янв.21
🔰Deputatlik nazorati: aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
🔰Sessiya muhokamasiga kiritiladigan masala deputatlik nazoratida
UCH AVLOD UCHRASHUVI: HAYOT TAJRIBASI, EZGU QADRIYATLAR VA YOSHLAR KAMOLOTI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi raisi, deputat X. Tilakov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputat V. Xasanov Havotog‘ mahallasida tashkil etilgan “Uch avlod uchrashuvi” tadbirida ishtirok etdilar.

Yoshlar ishtirokida samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda mahalla nuroniylari, hayotiy tajribaga ega faollar va yoshlar bir davrada jam bo‘lishdi. Suhbat davomida nuroniylar o‘zlarining bosib o‘tgan hayot yo‘llari, yoshlik xotiralari, mehnat faoliyati va hayot davomida orttirgan tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Katta avlod vakillari yoshlarni vaqtni qadrlashga, bilim olishga intilish, halol mehnat qilish, o‘z oldiga aniq maqsadlar qo‘yish va jamiyat hayotida faol ishtirok etishga chorladi. Bunday hayotiy suhbatlar yoshlar uchun shunchaki muloqot emas, balki kelajak yo‘lini belgilashda muhim saboq va ibrat manbai hisoblanadi.

Uchrashuv davomida yosh avlodni vatanparvarlik, kattalarga hurmat, ota-onaga ehtirom, milliy urf-odat va an’analarga sadoqat ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, avlodlar o‘rtasidagi uzviylikni mustahkamlash, nuroniylarning boy hayotiy tajribasini yoshlarga yetkazish, ularni ezgu fazilatlar va yuksak ma’naviy qadriyatlar asosida kamol toptirishning ahamiyati ta’kidlandi.

“Uch avlod uchrashuvi” kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarning hayotga bo‘lgan qarashlarini boyitish, ularda mas’uliyat va daxldorlik tuyg‘usini shakllantirish hamda katta avlodga hurmatni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi.

Slide 1 of 4