🔰Hisobot sessiya muhokamasiga tayyorlanmoqda – deputatlik nazorati
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
👉Yig‘ilishda joriy oyda tuman Kengashi sessiyasi muhokamasiga kiritilishi rejalashtirilgan masala — tuman hokimining birinchi o‘rinbosari, iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining hisoboti atroflicha muhokama qilindi.
👉Muhokama davomida hisobotda aks etgan masalalarni chuqur tahlil qilish, iqtisodiy islohotlar samaradorligini oshirish, mahalliy byudjet mablag‘laridan oqilona va maqsadli foydalanish hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarning natijadorligini baholashga alohida e’tibor qaratildi.
👉Doimiy komissiya a’zolari tomonidan hisobot yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirilib, sessiya muhokamasiga masalani puxta tayyorlash muhimligi ta’kidlandi.
👉Deputatlik nazorati — masalani muhokama qilish bilangina cheklanmay, uning ijrosi va natijadorligini ta’minlashga ham qaratiladi. Shu bois, hisobot yuzasidan bildirilgan takliflar va aniqlangan masalalar sessiya muhokamasida tegishli xulosalar chiqarish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
👉O‘rganishlar va deputatlik nazorati davom etmoqda...
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt