🔰Sessiya muhokamasiga kiritiladigan masala deputatlik nazoratida
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi O. Sherov joriy oyda sessiya muhokamasiga kiritilishi rejalashtirilgan masalani joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
🔹O‘rganish davomida Xalq qabulxonasi rahbarining hisobotini belgilangan tartibda rasmiylashtirish, uning mazmun-mohiyatini to‘liq yoritish hamda deputatlar muhokamasiga kiritish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
🔹Deputatlik nazorati doirasida hisobotning puxta tayyorlanishi, masalaning atroflicha tahlil etilishi va sessiyada asosli muhokama qilinishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt