⚡️Eskirgan elektr tarmoqlari va xavfsizlik masalasi — deputat nazoratida
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov Qovchin mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni o‘rganib, aholi xavfsizligi va elektr energiyasi ta’minoti sifatini yaxshilash yuzasidan amaliy tashabbus bilan chiqdi.
⚡️O‘rganishlar davomida mahalladagi eskirgan simyog‘ochlarni yangilash, fuqarolar yashab turgan uylar ustidan o‘tgan havo elektr uzatish liniyalarini xavfsiz hududlarga ko‘chirish hamda elektr energiyasi quvvatini oshirish zarurligiga e’tibor qaratildi.
⚡️Mazkur masalalar aholining elektr ta’minotidan barqaror foydalanishi, elektr tarmoqlaridan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarning oldini olish va fuqarolar uchun xavfsiz yashash sharoitlarini yaratishda muhim ahamiyatga ega.
⚡️Shu munosabat bilan deputat I. Xolov aniqlangan muammolarni bartaraf etish, tegishli ishlarni belgilangan tartibda amalga oshirish choralarini ko‘rish yuzasidan tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbari I. Ergashev nomiga deputatlik so‘rovi yubordi.
⚡️Deputatlik so‘rovining ijrosi nazoratga olinib, aholi murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarning amaliy yechimini ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi.
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt