🌱🌱🌱 “Yashil makon” — obod mahalla va farovon hayot garovi
♻️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati, tuman hokimi J. Xudoyev tashabbusi bilan tumanda “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
♻️Xususan, tumanning Aleli mahallasida mahalla hududlarida park va bog‘lar tashkil etish, aholi uchun qulay dam olish maskanlarini yaratish hamda yashil hududlarni kengaytirish masalalari keng muhokama qilindi.
♻️Muhokama davomida yashil maydonlarni ko‘paytirish, daraxt va manzarali ko‘chatlar ekish, mavjud hududlardan samarali foydalanish hamda ularni saqlash va parvarishlash masalalariga e’tibor qaratildi.
♻️Ushbu tashabbuslar mahallalarda ekologik muhitni yaxshilash, aholining dam olishi uchun munosib sharoit yaratish va obod manzillarni ko‘paytirishga xizmat qiladi.
♻️Yashil va obod mahalla — farovon hayot poydevori!
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt