🔰Deputatlik nazorati: fuqarolar murojaatlari ijrosi o‘rganildi
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov joriy oyda sessiya muhokamasiga kiritilishi rejalashtirilgan masalani joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
⚡️O‘rganish davomida tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbari I. Ergashevning O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ-445-sonli Qonuni ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirayotgan ishlari muhokama qilindi. Xususan, fuqarolar va yuridik shaxslar murojaatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda murojaatlarga o‘z vaqtida va asosli javob qaytarish masalalariga e’tibor qaratildi.
⚡️Deputat I. Xolov o‘rganish jarayonida murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va fuqarolar muammolarining qonuniy yechimini ta’minlash muhimligini ta’kidladi.
⚡️Mazkur masala yuzasidan deputatlik nazorati davom ettirilib, o‘rganish natijalari sessiya muhokamasiga kiritiladi.
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt