Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔰Kiberxavfsizlik va mahalladagi barqaror muhit — deputat e’tiborida
янв.21
🔥Is gazidan zaharlanishning oldini olish — deputatlik nazoratida
янв.21
🤑Mintaqaviy hamkorlik — iqtisodiy taraqqiyot omili
янв.21
💦💦Suv tejovchi texnologiyalar — qishloq xo‘jaligi taraqqiyoti garovi
янв.21
🔰Sessiya muhokamasiga kiritiladigan masala deputatlik nazoratida
янв.21
🔰Kamchiliklarni bartaraf etish — deputatlik nazoratida
янв.21
🔰Yoshlar tashabbuslari va takliflari — e’tiborda
янв.21
🔰Deputatlik nazorati: fuqarolar murojaatlari ijrosi o‘rganildi
янв.21
🌱🌱🌱 “Yashil makon” — obod mahalla va farovon hayot garovi
янв.21
📚Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi — deputatlar e’tiborida
YOSHLAR O‘RTASIDA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH VA BANDLIKNI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

YOSHLAR O‘RTASIDA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH VA BANDLIKNI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Namangan shahrida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamalov, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, deputatlar Sh. Sadikov, A. Nasriddinov, Y. Mahkamova va R. Mirzayeva, shuningdek, tegishli soha mutasaddilari ishtirok etdilar.

Yig‘ilish davomida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ta’lim muassasalarida profilaktika va tushuntirish ishlarini kuchaytirish, o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, uyushmagan yoshlarni aniqlash, ularni sport, madaniyat va kasb-hunar to‘garaklariga jalb etish, ish bilan ta’minlash orqali ijtimoiy faolligini oshirish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish hamda yoshlar bilan manzilli ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 5