O‘rganish olib borildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-sonli “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida o‘rganish olib borildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashining 1-Malikobod saylov okrugida joylashgan Furqat mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi tuman Kengashi deputati G‘.Safarov tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, ularni hal etish, bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.