Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputatlik nazorati

Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashiga 18-Xalqobod saylov okrugidan saylangan deputat Avalboyev G'anisher Nematovich tomonidan Xalqobod mahallasidagi tuman tibbiyot birlashmasi filialida o‘rganish ishlari olib borildi. Unda aholi uchun ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, shuningdek, bepul ajratilayotgan dori vositalari bilan ta’minlash jarayoni atroflicha tahlil qilindi. O‘rganish jarayonida dori-darmonlarning mavjudligi, ularni tarqatish mexanizmi hamda amaldagi tartiblar o‘rganib chiqildi. Yakunda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 2