Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda Mikrokreditbank Jondor tumani filiali vakillari hamkorligida Mirzayon mahallasida amalga oshirilayotgan qator mikroloyihalarning borishi o‘rganildi.
✔️O‘rganish davomida aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ajratilgan imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda loyihalarning amaliy natijalari tahlil qilindi. Shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
✔️Bu kabi o‘rganishlar mikroloyihalar samaradorligini oshirish, aholi bandligini ta’minlash va mahallada tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.