🏛Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi deputati Hodiyeva Komila Tolibovna tomonidan tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasiga yuborilgan deputat so‘rovi belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, ijobiy hal etildi.
Mazkur deputat so‘rovida Peshku tumani Malishoyak MFY hududidan o‘tuvchi “Zandani–Ko‘kchi–Qo‘rg‘on” avtomobil yo‘lining texnik holatini yaxshilash masalasi ko‘tarilgan edi.
Ko‘rilgan choralar natijasida:
🔹 yo‘lning shag‘al qatlami tiklandi
🔹 transport vositalari harakati uchun zarur sharoit yaratildi
🔹 aholi uchun yuzaga kelayotgan noqulayliklar bartaraf etildi
📝 Deputat so‘rovi ijrosi amalda ta’minlanib, murojaatda ko‘tarilgan masala ijobiy hal etildi.