Yangiliklar

MUNOSABAT

Taraqqiyot va farovonlik sari yangi qadam.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yilgi Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mamlakatni rivojlantirishga qaratilgan muhim strategik vazifalarni belgilab berdi. Unda o‘tgan davrda erishilgan yutuqlar tahlil qilinib, kelgusi yillarda amalga oshiriladigan ustuvor yo‘nalishlar aniq ko‘rsatib berildi.

Murojaatnomada iqtisodiy o‘sishni barqaror davom ettirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va investitsiyalarni keng jalb etish asosiy vazifa sifatida belgilandi. Iqtisodiyotda raqobat muhitini kuchaytirish, sanoat va qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali aholi daromadlarini oshirish maqsad qilindi.

2025-yilgi Murojaatnoma O‘zbekistonni yanada rivojlantirish, xalq farovonligini oshirish va Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida muhim dasturiy hujjat bo‘lib xizmat qiladi.

Imomov Musaxon Imomovich, Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi raisi