Jizzax shahar “Qaliya” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Beshyog‘och” va “Yunusobod” ko‘chalari kesishmasida avtotransport vositalarining tartibsiz harakati yo‘l transport hodisalarining ortishiga sabab bo‘lmoqda. Bu esa ushbu hudud aholisi tomonidan xavotir bilan kutib olinib, chorrahada svetofor o‘rnatish bo‘yicha murojaat qilinishiga sabab bo‘ldi. Mazkur masala Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati B.Toshpo‘latov tomonidan ko‘rib chiqilib, tegishli mutasaddi tashkilotlar mutaxassislari jalb qilingan holda o‘rganildi. Natijada, ushbu hududda svetofor o‘rnatish masalasini ijobiy hal etish bo‘yicha deputatlik nazorati o‘rnatildi. Bu tashabbus yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarning xavfsiz va qulay harakatlanishini ta’minlashda muhim qadam bo‘lib, hudud aholisi uchun ijobiy natijalar berishi kutilmoqda.