Yangiliklar

Targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi 8-“Madaniyat” saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Murodova tomonidan “Madaniyat” MFYda oilaviy ajrimlarni oldini olish va nizoli oilalar bilan ishlash bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbirda oila va xotin-qizlar xodimlari, psixologlar, otinoyilar, oqsoqollar ham ishtirok etishdi va tadbir ishtirokchilariga ular tomonidan oila muqaddas ekanligi, nizolar farzand tarbiyasiga salbiy taʼsir ko‘rsatishi mumkinligi bo‘yicha tushuntirildi.  Mazkur muhokamada ajrim yoqasidagi, nizoli oilalar ishtirok etishib, shundan 1 oila yarashtirildi.

Slide 1 of 2